INSTAGRAM COMMENT-TO-DM BOT

Instagram kommentiga avtomatik Direct yuborish

Mijoz Reel yoki post ostiga “narx”, “link”, “+” kabi kalit so‘z yozganda IzohDM unga shaxsiy xabar, taklif va bosiladigan havolani yuboradi.

Instagram chatbot qanday ishlaydi?

IzohDM Instagram Business yoki Creator akkauntingizga rasmiy login orqali ulanadi. Siz video, kalit so‘z, DM matni va tugma havolasini belgilaysiz. Mos komment kelganda platforma so‘rovni tekshiradi, takroriy yuborishni to‘xtatadi va natijani kabinetda ko‘rsatadi.

Kalit so‘zli komment

“Narx”, “havola”, “kurs”, “+” yoki biznesingizga mos boshqa iboralarni tanlang.

Havolali DM

Mahsulot, Telegram, to‘lov yoki landing sahifasiga olib boruvchi tugma qo‘shing.

O‘zbekcha kabinet

Faol qoidalar, yuborilgan DM, jarayondagi so‘rov va xatolarni Toshkent vaqti bilan kuzating.

Kimlar uchun mos?

Instagram orqali kurs, xizmat, kiyim, kosmetika, elektronika, konsultatsiya yoki raqamli mahsulot sotadigan O‘zbekiston bizneslari, blogerlar, SMM mutaxassislari va onlayn do‘konlar uchun.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Kommentga ochiq javob yozish shartmi?

Yo‘q. Qoida faqat Directga private reply yuboradigan qilib ishlashi mumkin.

DM ichida bosiladigan tugma bo‘ladimi?

Ha. Xabar matniga nomi va URL manzili siz tanlaydigan havolali tugma qo‘shish mumkin.

Bepul limit qancha?

Bepul tarifda oyiga 500 ta muvaffaqiyatli DM va 3 ta faol avtomatizatsiya mavjud.

ManyChat va ChatPlace nomlari tegishli egalarining savdo belgilaridir. IzohDM ushbu kompaniyalar bilan bog‘liq emas; taqqoslash foydalanuvchiga mos yechimni tanlash uchun berilgan.

Instagram kommentlarini savdoga aylantiring.

Akkauntingizni ulang va birinchi avtomatizatsiyani bir necha daqiqada yarating.

Bepul boshlash