IDIzohDM

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 2-avgust.

Talablar

Xizmat faqat Instagram Business yoki Creator akkauntlari va rasmiy API ruxsatlari bilan ishlaydi. Foydalanuvchi ulayotgan akkaunt va yuborayotgan kontent uchun javobgardir.

Ruxsat etilmagan foydalanish

Spam, aldov, noqonuniy mahsulot, tahdid, shaxsiy ma’lumotni noqonuniy yig‘ish yoki Meta qoidalarini chetlab o‘tish taqiqlanadi. Qoidabuzarlikda akkaunt vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Instagram cheklovlari

Private reply faqat foydalanuvchi komment qoldirgandan keyin va Meta belgilagan muddat hamda limitlar ichida yuboriladi. Xizmat Instagram tomonidan qo‘yilgan cheklov, ruxsat bekor qilinishi yoki tashqi uzilishlarni nazorat qila olmaydi.

Tariflar va to‘lov

Bepul tarif oyiga 500 ta muvaffaqiyatli DM bilan cheklanadi; limit har kalendar oyining boshida Toshkent vaqti bo‘yicha yangilanadi. Pullik tarif bir oyga faollashadi. To‘lov qaytarilishi amaldagi qonun, foydalanilgan xizmat va to‘lov provayderi qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.