IDIzohDM

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 15-avgust.

Qanday ma’lumotlarni qayta ishlaymiz

Instagram akkaunt identifikatori, foydalanuvchi nomi, avtomatizatsiya qoidalari, komment va media identifikatorlari, yuborish holati, yuborilgan tugma yoki havolaning bosilgan-bosilmagani, anonim sayt tashriflari hamda yordam bo‘limida ixtiyoriy yozgan murojaatingiz xizmatni bajarish uchun qayta ishlanadi. Instagram paroli olinmaydi.

Nima uchun ishlatiladi

Ma’lumotlar faqat siz yaratgan kalit so‘z qoidalarini tekshirish, rasmiy Instagram API orqali private reply yuborish, takroriy yuborishni oldini olish, tugma va havola samaradorligini ko‘rsatish, saytga tashriflar statistikasini yuritish, savol va fikrlarga javob berish hamda xizmat xavfsizligi uchun ishlatiladi.

Saqlash va xavfsizlik

Instagram access tokenlari AES-GCM bilan shifrlanadi. Sessiya, kuzatuv va anonim tashrif identifikatorlari xesh holida saqlanadi. Tashrif va klik hisobida IP manzil yoki qurilma ma’lumoti saqlanmaydi. Texnik DM hodisalari 90 kungacha saqlanishi mumkin. Ma’lumot sotilmaydi.

Uchinchi tomonlar

Xizmat Meta Instagram API, Cloudflare infratuzilmasi va to‘lov yoqilganda Payme Business xizmatidan foydalanadi. Ularning alohida maxfiylik shartlari amal qiladi.

Huquqlaringiz

Kabinetdan akkauntni uzishingiz yoki ma’lumotni o‘chirish bo‘yicha so‘rov yuborishingiz mumkin.